fbpx Betguru » KONMEBOL Amerika kubogi-2021 ramziy jamoasini e’lon qildi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

KONMEBOL Amerika kubogi-2021 ramziy jamoasini e’lon qildi

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti Kopa Amerika-2021 yakunlariga ko‘ra turnir ramziy jamoasini e’lon qildi. Читать на Рус языке

Unga ko‘ra, musobaqa g‘olibi Argentina milliy jamoasining to‘rt nafar futbolchisi ramziy jamoaga kiritilgan. Shuningdek, Braziliyadan 3 futbolchi tarkibdan joy olgan.

Amerika kubogi-2021 ramziy jamoasi:

Damian Martines (Argentina), Pervis Estupinyan (Ekvador), Markinos (Braziliya), Kristian Romero (Argentina), Maurisio Isla (Chili), Yosimar Yotun (Peru), Kazemiro (Braziliya), Rodrigo De Paul (Argentina), Luis Dias (Kolumbiya), Neymar (Braziliya), Lionel Messi (Argentina).

Eslatib o‘tamiz, Braziliyada o‘tgan turnir finalida Argentina Di Mariyaning yagona goli evaziga mezbonlarni mag‘lub etib, qit’a chempioniga aylandi. Messi va Neymar esa Amerika kubogi-2021ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

image