fbpx Betguru » Yevro-2020. Italiya Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, dastlabki finalchiga aylandi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. Italiya Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, dastlabki finalchiga aylandi

Yevropa chempionatining birinchi yarimfinalida Italiya va Ispaniya milliy jamoalari bahs yuritishdi. Читать на Рус языке

Bellashuv ispanlarning ustunligi ostida o‘tganiga qaramay, 60-daqiqada Roberto Manchini jamoasi qarshi hujumdan unumli foydalandi va Federiko Kezaning chiroyli goli evaziga hisobni ochdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata hisobni tenglashtirdi.

Shunday qilib asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa omad italyanlarga kulib boqdi.

Italiya finalda Angliya — Daniya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Yevro-2020. 1/2 final
Italiya — Ispaniya 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:2.
6 iyul, «Uembli»
Gollar: Keza (60) — Morata (80).
Italiya – Donnarumma, Kellini, Di Lorenso, Emerson (Toloi, 74), Bonuchchi, Verratti (Pessina, 74), Barella (Lokatelli, 85), Keza (Bernardeski, 107), Jorjino, Insine (Belotti, 85), Immobile (Berardi, 62).
Ispaniya – Simon, Alba, Aspilikueta (M.Lorente, 85), Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 109), Pedri, Buskets (Tiago Alkantara, 105), Ferran Torres (Morata, 62), Olmo, Oyarsabal (Moreno, 70), Koke (Rodri, 70).
Ogohlantirishlar: Buskets (51), Toloi (97), Bonuchchi (118).
Penaltilar seriyasi: Lokatelli (0:0, darvozabon), Olmo (0:0, noaniq), Belotti (1:0), Moreno (1:1), Bonuchchi (2:1), Alkantara (2:2), Bernardeski (3:2), Morata (3:2, darvozabon), Jorjino (4:2).

image