fbpx Betguru » Yevro-2020. Shveysariya asosiy vaqtda kambek qilib, penaltilar seriyasida Fransiyani turnirdan chiqarib yubordi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. Shveysariya asosiy vaqtda kambek qilib, penaltilar seriyasida Fransiyani turnirdan chiqarib yubordi

Yevropa chempionatida chorakfinalning yana bir juftligi ma’lum bo‘ldi.                      Читать на Рус языке 

Fransiya penaltilar seriyasida Shveysariyaga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi — Mbappe penaltidan foydalana olmadi.

Bellashuvning asosiy vaqtida Shveysariya ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fransuzlardan Benzema, Shveysariyadan Seferovich dublga erishdi. Pogba uzoq masofadan supergol urdi, Gavranovich esa 90-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Shveysariya 1/4 finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Yevro-2020. 1/8 final
Fransiya — Shveysariya 3:3
Penaltilar seriyasi — 4:5.
28 iyun. Buxarest. «Milliy» stadion
Gollar: Benzema (57, 59), Pogba (75) — Seferovich (15, 81), Gavranovich (90).
Amalga oshirilmagan penalti: Rodriges (55).
Fransiya – Loris, Varan, Kimpembe, Langle (Koman 46, Tyuram 111), Pavar, Pogba, Kante, Rabo, Benzema (Jiru, 94), Mbappe, Grizmann (Sissoko, 88).
Shveysariya – Zommer, Elvedi, Akanji, Rodriges (Mehmedi, 87), Vidmer (Mbabu, 73), Suber (Fassnaxt, 79), Froyler, Jaka, Shakiri (Gavranovich, 73), Embolo (Vargas, 80), Seferovich (Sher, 97).
Ogohlantirishlar: Varan (30), Elvedi (32), Rodriges (62), Jaka (76), Koman (88), Pavar (91), Akanji (108).
Penaltilar seriyasi: Gavranovich (0:1), Pogba (1:1), Sher (1:2), Jiru (2:2), Akanji (2:3), Tyuram (3:3), Vargas (3:4), Kimpembe (4:4), Mehmedi (4:5), Mbappe (4:5, darvozabon).

image