fbpx Betguru » Yevro-2020. «O‘lim guruhi»dan Fransiya, Germaniya va Portugaliya pley-offga yo‘l oldi, Ronaldu va Benzemada dubl
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. «O‘lim guruhi»dan Fransiya, Germaniya va Portugaliya pley-offga yo‘l oldi, Ronaldu va Benzemada dubl

Yevropa chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi. Читать на Рус языке 

F guruhining so‘nggi turi dramalarga boy bo‘ldi. Ikkala o‘yinda ham jangovar durang qayd etildi.

Germaniya Myunxenda Vengriya bilan bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Portugaliya — Fransiya to‘qnashuvida esa Ronaldu va Benzema dubl qayd etishdi.

E’tiborlisi, Krishtianu ushbu o‘yindagi gollari orqali rekordlar qayd etdi: u milliy jamoalar tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan Ali Daiyning natijasini (109 gol) takrorladi. Miroslav Klozeni ortda qoldirib, JCH va Yevrolarda eng ko‘p gol (21) urgan futbolchiga aylanib oldi.

Shu tariqa «o‘lim guruhi»dan Fransiya (5 ochko) 1-o‘rin, Germaniya (4) 2-pog‘ona, Portugaliya (4) 3-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. Vengriya 2 ochko bilan guruhda qolib ketdi.

Yevro-2020. F guruhi
3-tur. 23 iyun

Portugaliya — Fransiya 2:2
Gollar: Ronaldu (31 penalti, 60 penalti) — Benzema (45+2 penalti, 47).
Portugaliya – Patrisiu, Semedu (Dalot, 79), Diash, Pepe, Gerreyru, Moutinyu (Ruben Nevesh, 73), Sanshesh (Serjiu Oliveyra, 87), Bernardu Silva (Fernandesh, 72), Danilu Pereyra (Palinya, 46), Jota, Ronaldu.
Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Ernandes (Din, 46; Rabo, 52), Kimpembe, Pogba, Kante, Tolisso (Koman, 66), Benzema, Grizmann (Sissoko, 87), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Loris (27), Lyuka Ernandes (36), Grizmann (39), Kimpembe (83).

Vengriya — Germaniya 2:2
Gollar: Salai (11), Shafer (68) — Haverts (66), Goretska (84).
Germaniya – Noyer, Hummels, Ryudiger, Ginter (Folland, 82), Gozens (Musiala, 82), Kimmix, Gundo‘g‘an (Goretska, 58), Haverts (Verner, 67), Kroos, Sane, Gnabri (Myuller, 67).
Vengriya – Gulachi, Salai, Botka, Orban, Nego, Shafer, Klyaynhaysler (Lovrenchich, 89), Shallai (Shen, 75), Nad, Fiola (Nikolich, 88), Salai (Varga, 82).
Ogohlantirishlar: Botka (28), Gundshg‘an (29), Sane (61), Salai (64), Fiola (66).

image