fbpx Betguru » Yevro-2020. Uels Shveysariya bilan durang qayd etdi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Yevro-2020. Uels Shveysariya bilan durang qayd etdi

Yevro-2020 «A» guruhi ikkinchi o‘yini doirasidagi bahs Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazildi. Unda Uels milliy jamoasi Shveysariyaga qarshi saf tortdi. Читать на Рус языке

Uchrashuvning 49-daqiqasida Embolo shveysariyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 74-daqiqada Mur uelsliklarga durang natijani keltiruvchi gol muallifiga aylandi – 1:1.

Natijada, «A» guruhi 1-turidan keyin Italiya Turkiyani mag‘lub (3:0) etib 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Uels va Shveysariya 2-3-o‘rinlarni band qilib turibdi. Turkiya esa hozircha so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Yevro-2020. 1-tur. «A» guruhi
Uels – Shveysariya 1:1
Gollar: 0:1 – 49 Embolo, 1:1 – 74 Mur.
Uels – Uord, Roberts, Rodon, Devis, Mifem, Morrell, Remzi, Beyl, Allen, Jeyms (Bruks, 75), Mur.
Shveysariya – Zommer, Rodriges, Sher, Elvedi, Mbabu, Jaka, Froyler, Shakiri (Zakariya, 66), Akandji, Seferovich (Gavranovich, 84), Embolo.

image