fbpx Betguru » Fulhem» o‘z maydonida «Byornli»ga mag‘lub bo‘ldi va Premer-ligani tark etdi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Fulhem» o‘z maydonida «Byornli»ga mag‘lub bo‘ldi va Premer-ligani tark etdi

Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Fulhem» o‘z maydonida «Byornli»ga yutqazdi va Premer-ligada qolish imkoniyatini yo‘qotdi.

18-o‘rindagi «Fulhem» (27 ochko) chempionat yakuniga 3 tur qolganida 17-pog‘onadagi «Sauthempton»dan 10 ochkoga ortda qolmoqda. «Byornli» esa 39 ochko bilan 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Sheffild Yunayted» va «Vest Bromvich» ham Chempionshipga ravona bo‘lgandi.

APL, 35-tur

Fulhem — Byornli 0:2
10 may, «Kreyven Kottej»
Gollar: Vestvud (35), Vud (44).
Fulhem – Areolya, Adarabioyo (Loftus-Chik, 74), Andersen, Robinson, Tete (Maja, 54), Zambo-Angissa, Lemina, Lukman, Dekordova-Rid (Onoma, 66), Kavaleyru, Mitrovich.
Byornli – Poup, Mi, Tarkovski, Teylor, Louton, Braunhill, Kork, Vestvud, Maknil, Vidra (Rodriges, 67), Vud (Barns, 86).
Ogohlantirishlar: Zambo-Angissa (40), Lemina (83).

image