fbpx Betguru » Anri va Karrager 6 nafardan futbolchini APL shon-sharaf zaliga kiritishni taklif qilishdi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Anri va Karrager 6 nafardan futbolchini APL shon-sharaf zaliga kiritishni taklif qilishdi

«Arsenal» sobiq hujumchisi Terri Anri va «Liverpul» himoyachisi Jeymi Karrager 6 nafardan futbolchini Premer-liga shon-sharaf zaliga kiritishni taklif qilishdi.

Fransiyalik futbolchi quyidagi futbolchilarni tanladi: Dennis Bergkamp va Patrik Viyeyra («Arsenal» sobiq a’zolari), Frenk Lempard («Chelsi» sobiq a’zosi), Erik Kantona, Pol Skoulz va Roy Kin («MYU» sobiq a’zolari).

Angliyalik futbolchining taklifi: Dennis Bergkamp («Arsenal» sobiq a’zosi), Erik Kantona, Roy Kin, Peter Shmeyxel («MYU» sobiq a’zolari), Stiven Jerrard («Liverpul» sobiq a’zosi) va Jon Terri («Chelsi» sobiq a’zosi).

Ma’lumot uchun, hozircha APL shon-sharaf zaliga Terri Anri va «Nyukasl» afsonasi Alan Shirer kiritilgan.

image