fbpx Betguru » Kavani Messi va Levandovskining yevrokuboklardagi rekordini yangiladi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Kavani Messi va Levandovskining yevrokuboklardagi rekordini yangiladi

Yevropa ligasi yarimfinal dastlabki uchrashuvi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qilib, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Manchesterliklar safida hujumchi Edinson Kavani dubl qayd etish bilan birga ikkita golga assistentlik ham qildi.

Goal’ning yozishicha, urugvaylik forvard «Roma» bilan o‘yinda erishgan natijasi bilan 34 yosh 74 kunligida yevrokuboklarda 2+2 natijasini qayd etgan eng yoshi katta o‘yinchiga aylandi.

Shu tariqa, Kavani ushbu natijaga 31 yoshida erishgan Messi va Levandovskiga tegishli rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, «Roma» va «MYU» o‘rtasidagi 1/2 final javob bahsi 6 may kuni Rimdagi «Olimpiko» stadionida o‘tkaziladi.

image