fbpx Betguru » A Seriya. 7ta gol urilgan o‘yinda «Napoli» «Latsio»dan ustun keldi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

A Seriya. 7ta gol urilgan o‘yinda «Napoli» «Latsio»dan ustun keldi

Italiya chempionatining 32-turida «Napoli» o‘z maydonida «Latsio» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Insine (2ta), Politano, Mertens va Osimhenning gollariga Immobile hamda Milinkovich-Savich javob berishdi.

«Napoli» ochkolarini 63taga yetkazib, 5-o‘rinni egallab turibdi va «Milan» (66), «Atalanta» (65), «Yuventus»ni (65) quvishda davom etmoqda. 58 ochkoga ega «Latsio» 6-pog‘onaga joylashgan.

A Seriya, 32-tur

Napoli — Latsio 5:2
22 aprel, Maradona nomidagi stadion
Gollar: Insine (7 penalti, 53), Politano (12), Mertens (65), Osimhen (80) — Immobile (70), Milinkovich-Savich (75).
Napoli – Meret, Kulibali, Di Lorenso, Manolas (Rahmani, 71), Hyusay, Fabian Ruis, Zelinski (Elmaz, 82), Politano (Lozano, 71), Bakayoko (Lobotka, 90), Insine, Mertens (Osimhen, 72).
Latsio – Reyna, Latssari, Radu, Acherbi, Marushich, Luis Alberto (Pereyra, 65), Fares (Lulich, 64), Leyva (Kataldi, 58), Milinkovich-Savich (Akpa-Akpro, 83), Korrea.

image