← Go to the news
20.04.2021
207
Yuventus», «Inter» va «Milan» Superligaga qo‘shilganiga qaramay, A Seriyada o‘ynashni davom ettirishmoqchi
«Yuventus», «Inter» va «Milan» Yevropa Superligasiga qo‘shilganiga qaramay, A Seriyada o‘ynashni davom ettirishni xohlamoqda.
19 aprel kuni Italiya chempionatida ishtirok etadigan klublarning favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga «Yuventus», «Inter», «Milan» klublari ham tashrif buyurishdi va A Seriyada o‘ynashni davom ettirish istagini bildirishdi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Avvalroq «Atalanta», «Verona» va «Kalyari» Superligaga qo‘shilgan 3 klubni A Seriyadan chetlatishga chaqirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Superliga o‘yinlarida ishtirok etadigan klublar va futbolchilarga boshqa barcha turnirlarda, shu jumladan, milliy chempionatlarda, jahon va Yevropa chempionatlarida o‘ynashni taqiqlashini e’lon qilgandi
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan