fbpx Betguru » Superliga. «Lokomotiv» «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Superliga. «Lokomotiv» «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi

Superliga 6-turi doirasida «Lokomotiv» «Bunyodkor»ga qarshi saf tortdi.

Uchrashuvda Javohir Siddiqov hisobni ochgan bo‘lsa, Temurxo‘ja Abduxoliqov farqni ikkitaga oshirdi. 77-daqiqada esa mehmonlarning qirg‘izistonlik yarimhimoyachisi farqni qisqartirdi – 2:1.

Natijada «Loko» ochkolari sonin 8taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Bunyodkor» 8 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.

Superliga. 6-tur. 16 aprel
«Lokomotiv» – «Bunyodkor» – 2:1
Hakam: Shavkat Nasibullayev (Namangan)
Gollar: Javohir Sidiqov 48, Temurxo‘ja Abduxoliqov 68 – Odiljon Abdurahmonov 77.
«Lokomotiv»: 35.Javohir Ilyosov, 3.Islom Qobilov, 7.Sadriddin Abdullayev (20.Jaloliddin Jumaboyev, 76), 8.Javohir Sidiqov (22.Diyego Bardanka, 85), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14.Azizbek Amonov (27.Islom Rashidxonov, 65), 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyor Turopov, 94.Xurshid Muxtorov.
«Bunyodkor»: 1.Ravshan Yagudin, 4.Davron Ergashev, 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev, 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov (22.Shahboz Erkinov, 65), 17.Odiljon Abdurahmonov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 37.Muhammadodil Qahramonov (8.Sanjar Rashidov, 79), 49.Ibrohim Tomiva (9.Farrux Ikromov, 59).

image