fbpx Betguru » Loris Fransiya milliy jamoasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Loris Fransiya milliy jamoasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi

Fransiya milliy jamoasi JCH-2022 saralashi 3-turi doirasida safarda Bosniya va Gersegovinadan (1:0) ustun keldi.

Bu bahs fransuzlar posboni Ugo Loris uchun milliy jamoadagi 123-o‘yin bo‘ldi. Natijada «Tottenhem» a’zosi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rindagi Terri Anriga yetib oldi.

Fransiya milliy jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Lilian Tyuram sanaladi – 142.

image