fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistoni Falastinni tor-mor etib, guruh peshqadamiga aylandi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistoni Falastinni tor-mor etib, guruh peshqadamiga aylandi

Osiyo qit’asida JCH-2022 saralashi doirasida yana bir o‘yin bo‘lib o‘tdi.

D guruhida Saudiya Arabistoni o‘z uyida Falastin darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi va ochkolarini 11taga yetkazib, O‘zbekiston milliy jamoasini (9 ochko) ortda qoldirgan holda guruh peshqadamiga aylandi.

Guruhda keyingi o‘rinlarni Singapur (7), Yaman (5) va Falastin (4) egallab turibdi.

JCH-2022 saralashi. Osiyo
D guruhi, 6-tur, 30 mart

Saudiya Arabistoni — Falastin 5:0
Gollar: Ash Shahroniy (37), Al Muvallad (43), Ash Shehri (52, 58), Ad Dovsari (88, penalti).
Saudiya Arabistoni — Al Ovays, Al G‘annam (Al Burak, 79), Al Amri, Madu, Ash Shahroniy, Al Malki (Al Asmari, 90), Otayf, Al Muvallad (Al Kuvaykibi, 79), Kano (An Naji, 71), Ad Dovsari, Ash Shehri (Al Birakan, 71).
Falastin — Ali, Faravi, Hamid, Abumayyala, Qatmish, Al Battat, Harub (Darvish, 61), Abu Varda (Batran, 61), Maraba (Valid, 61), Seyam

image