fbpx Betguru » JCh—2022 saralashi. Turkiya 6 ta gol urilgan bahsda Niderlandiyani mag‘lub etdi, Burak Yilmazdan het-trik Yevropa qit’asi futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati saralash o‘yinlarining 1-turida Turkiya 24-mart, chorshanba kuni o‘z maydonida Niderlandiyani qabul qildi.
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

JCh—2022 saralashi. Turkiya 6 ta gol urilgan bahsda Niderlandiyani mag‘lub etdi, Burak Yilmazdan het-trik Yevropa qit’asi futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati saralash o‘yinlarining 1-turida Turkiya 24-mart, chorshanba kuni o‘z maydonida Niderlandiyani qabul qildi.

Istanbulda kechgan bahsda umumiy hisobda 6 ta gol urildi. Birinchi bo‘limda Burak Yilmaz 15 va 34-daqiqalardagi gollari evaziga dublni rasmiylashtirgan holda mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi 45 daqiqalikning avvalida Xoqon Chalxono‘g‘lu o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yib, oradagi farqni yiriklashtirdi. 75 va 77-daqiqalarga kelib, Niderlandiya Lyuk de Yong va Devi Klassenning gollari evaziga hisobni qisqartirgandi. Ammo uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 9 daqiqa qolganida Yilmaz o‘yindagi uchinchi golini urib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa Niderlandiya terma jamoasining 5 ta o‘yindan iborat bo‘lgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi. Jamoa 2020-yilning oktabr oyidan beri yutqazmayotgandi — 3 g‘alaba, 2 durang.

Turkiya — Niderlandiya uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

JCh—2022 saralashi
Yevropa mintaqasi

1-tur bahsi

Turkiya – Niderlandiya 4:2
Gollar: 1:0 – 15 Yilmaz, 2:0 – 34, penalti Yilmaz, 3:0 – 46 Chalxono‘g‘lu, 3:1 – 75 Klassen, 3:2 – 77 de Yong, 4:2 – 81 Yilmaz.

Turkiya: Chakir, Kabak, Chelik, Seyunjyu, Merash, Yokushlu, Chalxono‘g‘lu (Unal, 78), Yaziji (Erkin, 64), Tufan (Antalyali, 64), Karaman (Ayxan, 79), Yilmaz (Tyuryuch, 90).

Niderlandiya: Krul, de Ligt, Blind (Gravenberx, 82), Tete (Dumfris, 69), Veyndal (van Anxolt, 82), Veynaldum, de Yong, de Ron (de Yong, 62), Bergeys, Malen (Klassen, 69), Depay.

Ogohlantirishlar: Karaman (32), Tufan (36), Veynaldum (50), Yilmaz (52), Merash (72), Kabak (90).

image