fbpx Betguru » Angliya Kubogi. «Lester» chorakfinalda «MYU»ni turnirdan chiqarib yubordi, Iheanachoda dubl
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Angliya Kubogi. «Lester» chorakfinalda «MYU»ni turnirdan chiqarib yubordi, Iheanachoda dubl

Angliya Kubogining chorakfinalidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Lester» o‘z maydonida «Manchester Yunayted» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Iheanacho (2ta) va Tilemansning gollariga Grinvud bir bor javob berdi.

«Lester» yarimfinalda «Sauthempton» bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi juftlikda esa «Chelsi» va «Manchester Siti» o‘zaro bahs yuritishadi.

Angliya Kubogi, 1/4 final
Lester — Manchester Yunayted 3:1
21 mart, «King Pauer»
Gollar: Iheanacho (24, 78), Tilemans (52) — Grinvud (38).
Lester – Shmeyxel, Evans, Fofana, Suyunchi, Kastan, Ndidi, Tilemans, Olbrayton, Peres (Prat, 73), Iheanacho, Vardi (Chouduri, 83).
Manchester Yunayted – Henderson, Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelyof, Telles (Shou, 64), Pogba (Mayetominey, 64), Fred (Diallo, 84), Matich (Fernandesh, 64), van de Bek (Kavani, 64), Marsyal, Grinvud

image