fbpx Betguru » APL. «MYU» safarda «Lester»ga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

APL. «MYU» safarda «Lester»ga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Angliya Premer-ligasi 15-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Manchester Yunayted» «Lester» maydoniga safar qilib, muhim g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

O‘yinda hisobni 23-daqiqada Fernandeshning uzatmasidan keyin Reshford ochgan bo‘lsa, 31-daqiqada Barns farqni yo‘qqa chiqardi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda Kavani maydonga tushgach, mehmonlar hujumkorligi oshdi. Aynan urugvaylik forvardning golidan keyin 79-daqiqada Fernandesh gol urib jamoasini hisobda oldinga chiqardi. Ammo 85-daqiqada yana himoyadagi xatolar manchesterliklarga qimmatga tushdi. Vardi «Yunayted» darvozasini ishg‘ol etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Natijada «Lester» 28 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «MYU» 27 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda.

APL. 15-tur
Lester – Manchester Yunayted 2:2
Gollar: 0:1 – 23 Reshford, 1:1 – 31 Barns, 1:2 – 79 Brunu Fernandesh, 2:2 – 85 Vardi.
Lester – Shmeyxel, Evans, Jastin, Kastan, Fofana, Tilemans, Olbrayton

image