fbpx Betguru » Shomurodov Riberi bilan bir xil natija qayd etdi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Shomurodov Riberi bilan bir xil natija qayd etdi

Whoscored statistik portali Italiya A Seriyasi 10-turi doirasidagi «Fiorentina» – «Jenoa» (1:1) uchrashuvidan keyin ikki jamoa futbolchilari o‘yinini baholab, eng yaxshi o‘yinchilarni aniqladi.

Statistik portal durang natija qayd etilgan uchrashuvda Genuya klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning harakatlarini 10 ballik baholash tizimida 6,37 ballga baholagan. O‘zbekistonlik forvardning hujumdagi sherigi Skamakka mehmonlar safida eng yuqori ball olgan o‘yinchi bo‘ldi – 7,01. «Fiorentina» safida eng yuqori baho himoyachi Milenkovichga berilgan – 7,03 ball.

Florensiyadagi uchrashuvda Eldor Shomurodov 65-daqiqada o‘z o‘rnini Pyatsaga bo‘shatib bergan va aynan xorvatliyalik forvard «Jenoa»ning goliga mualliflik qilgan bo‘lsa-da,  o‘yinning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada to‘rt nafar nomzod ichida Eldor Shomurodov ham kiritilgan. Ovoz berish jarayonida Kastrovilli va Skamakka bir xil.

image