fbpx Betguru » Xalk «Shanxay SIPG»ni tark etganini e’lon qildi
Sunday, 28 April 2024
← Go to the news

Xalk «Shanxay SIPG»ni tark etganini e’lon qildi

«Shanxay SIPG» klubi hujumchisi Xalk Xitoy klubini tark etganligini e’lon qildi.

«Bugun hayotimdagi eng muhim kunlardan biri. «Shanxay SIPG» bilan xayrlashmoqdaman. Bu jamoa meni chin mehr bilan qabul qilgan edi. To‘rt yil davomida meni qo‘llab-quvvatlagan klub muxlislariga rahmat. Qolaversa, klub futbolchilari va rahbariyatidan ham minnatdorman. Biz Superliga va Superkubokda zafar quchib, katta natija qayd etdik. Qiyin damlarda ham bir-birimizga ishondik, suyundik va g‘alabalarga ham birgalikda erishdik. Bu yerdagi faoliyatimdan juda ko‘p do‘stlar orttirib qaytayapman. «Shanxay SIPG»dek katta oilamga chin yurakdan minnatdorchilik bildirib qolaman», – deya xayrlashuv murojaatini e’lon qilgan Xalk instagramdagi sahifasida.

Avvalroq, 34 yoshli braziliyalik forvardga sobiq klublari «Zenit» va «Portu» qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi

image